logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:02
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu 2008 yildan beri ilk marta yirik turnirlarda Portugaliyaning asosiy tarkibidan o'rin olmadi

 6 DEKABR, 2022, 23:19

Jahon chempionatining nimchorak final bosqichidan o'rin olgan Portugaliya va Shveytsariya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydigan futbolchilar ro'yxati e'lon qilindi.

Portugaliyaliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu zaxirada qoldirildi. U 2008 yildan beri ilk marta yirik turnirlar (jahon va Evropa chempionatlari)da Portugaliyaning asosiy tarkibidan o'rin olmadi.

Shu kungacha Ronaldu ketma-ket 31ta o'yinda yirik turnirlardagi bahslarni asosiy tarkibda boshlab kelayotgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR