«Bunyodkor» futbolchisi faoliyatini Qozog'istonda davom ettirishi mumkin
1 NOYABR, 2025, 12:06
“Bunyodkor” klubi himoyachisi Itsuke Urata faoliyatini Qozog'iston Premer-ligasida davom ettirishi mumkin, deb xabar berdi Sports.kz nashri Aladop.kz'ga tayanib.
Manbaga ko'ra, Urataning “Bunyodkor” bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning oxirida yakunlanadi va yaponiyalik futbolchi klubda qolishni rejalashtirayotgani yo'q.
Unga Qozog'istonning bir nechta jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ular orasida asosiy nomzod sifatida “Aktobe” tilga olinmoqda. Agar Nikolay Kostov jamoasi himoyachi Bogdan Vatejeluni saqlab qololmasa, u holda Urata darajasidagi futbolchini olishga harakat qilishi tayin.
Joriy mavsumda 28 yoshli Urata “Bunyodkor” safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
