logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Ibrohimxalil Yo'ldoshev o'ynayotgan jamoa Evropa Superligasida ishtirok etmoqchi

 21 DEKABR, 2023, 21:24

Hamyurtimiz Ibrohimxalil Yo'ldoshev o'ynayotgan Rossiyaning "Nijniy Novgorod" futbol klubi Superligada qatnashish uchun ariza berishga tayyor. Bu haqda jamoa bosh direktori David Malik-Xuseinov ma'lum qildi.

"Biz albatta klubimizni Superligada ishtirok etishi uchun ariza topshiramiz. Eshiklarini taqillatamiz, ochib qolishar", — deb yozdi Malik-Xuseinov "Telegram"dagi kanalida.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, "Pari NN" quruq qo'l bilan emas, balki uning boshi va oyoqlari bilan yasaladigan sovg'a bilan keladi.

18-tur natijalariga ko'ra, "Nijniy Novgorod" klubi Rossiya chempionatida 24 ochko jamg'arib, to'qqizinchi o'rinni egallab turibdi.

Evropa Superligasi 2025 yilda boshlanishi kutilmoqda. Turnirda 64 ta klub ishtirok etishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ