Buskets Ramos va Kasilyaslarning rekordini takrorladi
6 DEKABR, 2022, 21:52
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Serxio Buskets JCh-2022 1/8 finalida Marokashga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Opta portalining xabariga ko'ra, 34 yoshli Buskets jahon chempionatidagi 17-uchrashuvini o'tkazmoqda va sobiq jamoadoshlarining rekordini takrorlamoqda.
Serxio Ramos va Iker Kasilyas ham Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempionatida 17 ta o'yin o'tkazgan.