logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:04
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Mbappe Frantsiyaning umumiy mashg'ulotlarida ishtirok etmadi

 6 DEKABR, 2022, 21:48

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Qatarda bo'lib o'tayotgan jahon chempionatida milliy terma jamoaning umumiy guruhidagi mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi, deb xabar bermoqda L'Equipe.

Manbaning xabariga ko'ra, Mbappe jahon chempionatining 1/8 finalida Polshaga qarshi o'yindan (3:1) keyin trenajyor zalida tiklanish mashg'ulotlarini o'tkazgan.

Nashrning eslatishicha, JCh-2022 boshlanishida Kilian to'pig'idan jarohat olganidan shikoyat qilgan, ammo bu jiddiy xarakterga ega emas edi.

Joriy Jahon chempionatida Mbappe 4 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR