Mareska: «Men Palmerga: “Bir haftadan so'ng qaytasan”, — dedim, u esa kulib yubordi»
1 NOYABR, 2025, 08:48
"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska hujumkor yarim himoyachi Koul Palmerning holati haqidagi savolga javob qaytardi.
«Yaqinda unga nonushta vaqtida oshxonada shunday dedim: “Bir haftadan so'ng qaytasan”, — u esa kulib yubordi. Rejamiz o'zgarmagan. Ko'ramiz, vaqt ko'rsatadi», — dedi Mareska matbuot anjumanida jurnalistlarga.
Oktyabr oyi o'rtalarida Mareska Palmerga tiklanish uchun yana olti hafta kerak bo'lishini aytgan edi. «Chelsi» etakchisi dekabr oyida maydonga qaytishi kutilmoqda. Koul oxirgi marta 20 sentyabr kuni maydonga tushgan edi.
