Amorim "Manchester Yunayted"ning yanvar oyidagi transfer rejalari haqida gapirdi: "Ba'zi futbolchilar ketishni so'rashmoqda"
1 NOYABR, 2025, 08:42
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim klubning transfer bozoridagi faoliyati haqidagi savolga javob berdi.
"Nima bo'lishini bilmayman, lekin har narsa bo'lishi mumkin. Oldinda jahon chempionati bor va amaliyotga ega bo'lmagan ba'zi futbolchilar ketishni so'rashmoqda," - dedi portugaliyalik murabbiy matbuot anjumanida.
"Qizil iblislar" Angliya Premer-ligasida to'qqiz turdan so'ng 16 ochko bilan turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda.
