logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Amorim "Manchester Yunayted"ning boshqalarga o'rnak bo'ladigan futbolchisi kimligini aytdi

 1 NOYABR, 2025, 08:42

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa futbolchilarini kimning misolida ilhomlantirayotgani haqida gapirdi.

"Men Kazemironi boshqa futbolchilarga o'rnak qilib ko'rsataman. U boshlang'ich tarkibdagi o'rnini yo'qotgani, ammo kurashni davom ettirib, yakunda asosiy tarkibga qaytganini eslatib turaman. Bu menga jamoaga har kimda imkoniyat borligini, men hamma bilan adolatli munosabatda bo'lishimni etkazishga yordam beradi," - deya Amorimning so'zlarini keltiradi The Touchline.

Joriy mavsumda Kazemiro 8 ta o'yinda 2 ta gol va 1 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ