logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:25
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Neymar: «Kuch topishga harakat qildim»

 6 DEKABR, 2022, 16:59

Braziliya hujumchisi Neymar dushanba kuni Janubiy Koreyaga qarshi jahon chempionati 1/8 final uchrashuvida maydonga tushdi.

Hujumchi to'pig'idan olgan jarohati tufayli oldingi ikki o'yinni o'tkazib yuborgandi. 4:1 hisobidagi g'alabadan so'ng Neymar bu borada o'z fikrlarini bildirdi.

«Men turli narsalar haqida o'yladim. Endi bu jahon chempionatida o'ynay olmayman, deb qo'rqardim.

Ammo meni sheriklarim va oila a'zolarim qo'llab-quvvatladi. Men kuch topishga harakat qildim», dedi Neymar jurnalistlarga.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR