Shomurodov oxirgi 4 ta o'yinda 4 ta gol urdi
1 NOYABR, 2025, 08:18
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov "Istanbul Bashakshehir" safida o'zining yuqori sport formasini tiklab oldi.
30 yoshli hujumchimiz istanbulliklar safida so'nggi 4 ta o'yinda 4 ta gol urdi. U "Xo'jaylispor" va "Galatasaroy" darvozasiga 1 tadan gol urgan bo'lsa, "Antalyaspor"ni ikki bor o'z goli bilan ranjitdi. Bu davrda Shomurodov faqat Husniddin Aliqulov to'p tepayotgan "Rizespor" bilan o'yinda gol ura olmadi.
Shomurodov chempionatdagi gollari sonini 7 taga etkazib oldi va to'purarlar ro'yxatida "Trabzonspor" hujumchisi Pol Onuachu bilan etakchilikni bo'lishib turibdi.
