logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 04:31
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Matteus Myullerga maslahat berdi

 6 DEKABR, 2022, 16:06

Germaniya terma jamoasining sobiq sardori Lotar Matteus “Bavariya” yarim himoyachisi Tomas Myullerga bor e'tiborini klubdagi faoliyatiga qaratishni maslahat berdi.

"Myuller ma'lum yoshda va JCh oldidan jarohat olgan davrlari bo'lgan. Men bunday davrlar bilan tanishman. Men Tomasga bor e'tiborini o'z klubiga qaratishni maslahat bera olaman. U terma jamoada 1-2 yil o'ynamaganida yaxshiroq o'ynadi", - deya Matteusdan iqtibos keltiradi Sky Sports Germany.

33 yoshli Myuller Germaniya terma jamoasi safida barcha musobaqalarda 121 ta o'yinda maydonga tushib, 44 ta gol urdi va 40 ta golli uzatmani amalga oshirdi. JCh-2022da futbolchi 3 ta o'yinda qatnashib, gol ura olmagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR