Qozog'iston Konferentsiyalar Ligasi finalini o'tkazmoqchi
1 NOYABR, 2025, 07:24
Qozog'iston 2028 va 2029 yillarda Konferentsiyalar ligasi finalini tashkil etish uchun ariza topshirdi. Ehtimoliy arenalar sifatida Ostona va Olmaotadagi stadionlar ko'rsatilgan, ammo yakuniy arizada faqat bitta maydon qoladi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar bermoqda.
UEFA 2028 va 2029 yillarda Chempionlar ligasi, Evropa ligasi, Konferentsiyalar ligasi va ayollar o'rtasidagi Chempionlar ligasi final o'yinlarini o'tkazish istagida bo'lgan 15 ta milliy federatsiyadan qiziqish bildirganini ta'kidladi.
Qozog'istondan tashqari, bu yillarda Konferentsiyalar ligasi finalini qabul qilish huquqiga Frantsiya (Lill, "Per Morua"), Vengriya (Budapesht, "Pushkash Arena"), Italiya (Turin, "Yuventus Stedium") va Polsha (Gdansk, "Arena Gdansk") da'vogarlik qilmoqda. 2029 yilgi final mezbonligi uchun Finlyandiya (Xelsinki, "Olimpiyskiy stadion") ham ariza topshirgan.
