Islom Maxachev UFC-299da Oliveyra yoki Getjiga qarshi jang qilishi mumkin
21 DEKABR, 2023, 15:30
Engil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev UFC-299 turnirida jang qilmoqchi. Bu haqida Maxachevning menejeri Rizvon Magomedov bilan suhbatda bo'lgan jurnalist Igor Lazorin ma'lum qildi.
Magomedovning so'zlariga ko'ra, Islom UFC-299 musobaqasida Charlz Oliveyra yoki Jastin Getjiga qarshi jang qilishni maqsad qilgan.
UFC-299 2024 yilning 10 mart kuni Mayamida (Florida) bo'lib o'tadi. Hozirda turnirning asosiy jangi Shon O‘Melli va Marlon Vera o'rtasida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Maxachev P4P reytingi etakchisi hisoblanadi. 2023 yilda Islom Aleks Volkanovskiga qarshi 2 marta jang qilib, engil vazn toifasidagi kamarini himoya qildi.