logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:34
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Milan" "Barselona" himoyachisini to'liq sotib olmoqchi

 6 DEKABR, 2022, 15:33

"Milan" klubi himoyachi Serjino Destni "Barselona"dan 2022 yilgi jahon chempionatidagi AQSh terma jamoasidagi o'yinlaridan so'ng sotib olishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Correira Della Sport.

22 yoshli himoyachi jahon chempionatida terma jamoa safida 4ta o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ayni damda amerikalik himoyachi italyan klubida ijara asosida o'ynamoqda, uning shartnomasida sotib olish summasi 20 million evroni tashkil qiladi. Futbolchining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.

Joriy mavsumda Dest “Milan” safida barcha musobaqalarda 9 ta o'yinda maydonga tushdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR