logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Gvardiola Marmushning rivojlanishiga umid qilmoqda

 1 NOYABR, 2025, 07:06

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yaqinda jarohatidan forig' bo'lgan hujumchi Omar Marmush haqida gapirdi. Hafta davomida misrlik futbolchi Liga kubogi doirasida "Suonsi"ga qarshi o'yinda gol urdi.

"Hujumda o'ynaydigan futbolchilarga gollar ishonch bag'ishlaydi. Umid qilamanki, Marmush oldinga siljishda davom etadi - gollar borasida ham, boshqa jihatlar bo'yicha ham," - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

"Manchester Siti" Angliya chempionati doirasidagi "Bornmut"ga qarshi uy uchrashuviga tayyorgarlik ko'rmoqda. O'yin 2 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ