logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

"Tottenxem"ning sobiq futbolchisi: "Shporlar" "Chelsi"dan katta klub hisoblanadi"

 1 NOYABR, 2025, 06:42

Jeymi O′Xaraning fikricha, "Chelsi" Roman Abramovich davridagi sarf-xarajatlari evaziga muvaffaqiyatga erishgan, ammo ular baribir "Tottenxem"dan orqada.

- "Chelsi nima? Bilasizmi, nima demoqchiman? Ular Roman Abramovich tufayli katta klub, to'g'rimi?"

Ular ko'p pul sarflashdi, bir nechta titul sotib olishdi, lekin ular uchun katta o'yin bu - "Tottenxem"ga qarshi bahs. Biz esa bunga ahamiyat bermaymiz.

- Nega London derbilarining aksariyati "Tottenxem"ga qarshi o'tkaziladi?

- Chunki biz Londonning eng katta klubimiz. Global miqyosda "Tottenxem" "Chelsi"dan ko'ra muhimroq klub. Bizning boy tariximiz bor.

Buni aytishdan nafratlansam ham, "Arsenal" Angliya Premer-ligasi davridagi tarixi va o'yinini hisobga olsak, xalqaro miqyosdagi eng yirik London klubidir.

"Chelsi - Abramovich tufayli, u olib kelgan futbolchilar tufayli katta klub. Lekin global miqyosda "Tottenxem" kattaroq klub", - deydi "shporlar"ning sobiq yarim himoyachisi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ