logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

"Liverpul" sport direktori boshqa klubga o'tishi mumkin

 1 NOYABR, 2025, 06:18

"Liverpul"da sport direktori lavozimida ishlab kelayotgan Richard Xyuz "Al-Hilol"dan taklif oldi. 46 yoshli funktsionerning Saudiya Arabistoni klubi bilan muzokaralari allaqachon yuqori bosqichga ko'tarilgan, deb yozadi The Anfield Talk Saudiya Arabistoni OAVlariga tayanib.

Richard Xyuz "Liverpul"dagi lavozimini 2024 yilning yozida egallagandi. Avvalroq shotlandiyalik o'n yil davomida "Bornmut" texnik direktori lavozimida ishlagan.

"Al-Hilol" Saudiya Arabistoni chempionatida 7-turdan keyin turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda. Jamoa bosh murabbiyi Simone Indzagi bo'lib, u avval Milanning "Inter" klubida ishlagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ