logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:25
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu bugun Jahon chempionatini tark etadimi?

 6 DEKABR, 2022, 11:55

6 dekabr kuni jahon chempionatining 1/8 final bosqichining so'nggi o'yinlari bo'lib o'tadi. Marokash terma jamoasi Ispaniya termasi bilan, Portugaliya esa Shveytsariya bilan kuch sinashadi. Five Thirty Eight superkompyuteri g'oliblarni bashorat qildi. Kompyuter jamoalarning hujum va mudofaadagi kuchini aks ettiruvchi Soccer Power Index deb ataladigan ko'rsatkichga asoslanadi.

Marokash - Ispaniya


Marokashliklar guruhda birinchi o'rindan, xususan, Xorvatiya va Belgiya jamoalarini, ispanlar esa Yaponiya termasidan qolib ketgan holda ikkinchi o'rindan, pley-offga yo'l olishdi. Shunga qaramay, juftlikda yaqqol favorit bor va bu Marokash emas. Superkompyuter malumotlariga ko'ra, Ispaniya chorak finalga chiqish uchun 73% imkoniyatga ega, Shimoliy Afrika jamoasida esa atigi 27% muvaffaqiyatga erishga ishonish mumkin. Marokash terma jamoasi Kanadani 2:1 hisobida mag'lub etgan, Xorvatiya bilan 0:0 hisobida durang o'ynagan va sensatsion tarzda Belgiyani mag'lub etdi (2:0). Ispanlar chempionatni Kosta-Rikani (7:0) mag'lub etish bilan boshlashdi, shundan so'ng Germaniya bilan 1:1, Yaponiya bilan 1:2 hisobida mag'lubiyat.

Portugaliya - Shveytsariya

Bu juftlikda esa superkompyuter guruhda g'olib chiqqan jamoaga ustunlik berdi. Portugaliya termasining jahon chempionatining chorak finaliga chiqish ehtimoli 62 foizni tashkil etadi - mos ravishda Shveytsariya termasining imkoniyati 38 foizga baholanmoqda. Krishtianu Ronaldu va jamoasi avvaliga Ganani 3:2, keyin esa Urugvayni 2:0 hisobida mag'lub etib, muddatidan avval pley-offga yo'l oldi. So'nggi turda Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchragani ularning birinchi qatorda qolishlariga to'sqinlik qilmadi. Shveytsariyaliklar ham o'z guruhida olti ochko to'plashdi, biroq to'plar farqiga ko'ra, birinchi o'rinni Braziliyaga boy berdi. Ular avvaliga Kamerunni mag'lub etdi (1:0), keyin braziliyaliklarga imkoniyatni boy berdi (0:1), shundan so'ng dramatik kechgan bahsda serblardan (3:2) kuchliroq bo'lib chiqdi.


Oldingi bashoratlar amalga oshdimi?

5 dekabr kuni 1/8 finalning quyidagi o'yinlari bo'lib o'tdi: Yaponiya - Xorvatiya va Braziliya - Janubiy Koreya. Birinchi juftlikda superkompyuter jamoalarning imkoniyatlarini mos ravishda 46% va 54%, ikkinchisida esa 83% va 17% deb baholadi. Xorvatiyaliklar yaponiyaliklarni 1:1 (3:1 pen.), braziliyaliklar esa Osiyoning boshqa jamoasini 4:1 hisobida mag'lub etishdi. Shunday qilib, superkompyuterning ikkala bashorati ham amalga oshdi.

Jahon chempionati 1/8 finali o'yinlari taqvimi 6 dekabr

20:00. Marokash - Ispaniya

00:00. Portugaliya - Shveytsariya.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR