logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Arteta: "Qiyin bo'ladi"

 1 NOYABR, 2025, 06:06

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Premer-liganing "Byornli"ga qarshi safar o'yini haqida gapirdi.

"Byornli"ga qarshi qiyin bo'ladi. Ularda yaxshi murabbiy bor. Skott Parkerning jamoa boshqaruvida qilgan ishlari hayratlanarli. Agar ularning o'yinlariga qarasangiz - masalan, so'nggi besh o'yinda - ularni mag'lub etish juda qiyinligini tushunish mumkin.

Gaz pedalini ushlab turishimiz va qat'iyatni saqlab qolishimiz kerak. Har bir o'yinda diqqatni jamlash va intiluvchan bo'lish kerak. Har bir o'yin o'ziga yarasha qiyinchiliklar olib keladi," - dedi Arteta jurnalistlarga.

Premer-liga doirasidagi "Byornli" - "Arsenal" uchrashuvi 1 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ