Kilian Mbappe. Favqulotda talant egasining alq bovar qilmas natijalari
6 DEKABR, 2022, 10:43
- Tarixda faqat uchta futbolchigina mundiallarda Mbappe (9)dan ko'p gol urgan;
- Tarixda faqat ettita futbolchigina Jahon chempionati pley-offida Mbappedan ko'ra ko'p gol urgan;
- Tarixda faqat 6 ta frantsuz futbolchisi terma jamoada Kilian Mbappedan ko'ra ko'p gol urgan. U mundialda gol urgan eng yosh futbolchi sanaladi;
- Mbappe 24 yoshga to'lmay turib, Jahon chempionatida 8 ta (9 ta) gol urgan ilk futbolchi sanaladi;
- Mbappe tug'ilgandan beri Frantsiya tarkibida hech kim ketma-ket xet-trik qayd etmagan. Uning o'zidan tashqari, albatta;
- Faqat 18 futbolchi EChL tarixida Mbappedan (40) ko'ra ko'proq gol urgan;
- Kilian Mbappe evrokuboklarda Ferents Pushkash, Gerd Myuller, Samyuel Eto'o Ueyn Runi, Rayan Giggz, Luis Suares va Romario kabi yulduzlardan ko'ra ko'proq gol urgan;
- Kilian Mbappe "Barselona"ga qarshi bitta EChL bahsida 4 ta gol urgan ilk futbolchidir;
- Mbappe "PSJ"ning evrokuboklardagi rekordchisi. U klub tarixida eng ko'p gol urgan futbolchi;
- Faqat 8 ta futbolchi EChL pley-offlarida Mbappedan ko'ra ko'proq gol kiritgan;
- Kilian Mbappe ikki klub tarixida EChLda gol urgan eng yosh futbolchiga aylangan;
- Mbappe EChL tarixidagi eng ko'p gol urgan o'smir futbolchidir;
- Mbappe EChLda o'zi qarshi o'ynagan 21 ta klubning 17 tasiga gol urgan. Faqat "Atalanta" "Bayer 04", "TsSKA" va "Napoli" bundan mustasno;
- Mbappe Frantsiya chempionati tarixida bir mavsumda ham to'purar ham eng yaxshi assistent bo'lgan ilk futbolchi;
- 23 yoshli futbolchi Frantsiyada eng yaxshi futbolchi nomiga ketma-ket 3 marta sazovar bo'lgan ilk hujumchidir;
- Mbappe jami 372 ta o'yinda, 254 ta gol urgan va 14 ta sovrinni qo'lga kiritgan (klub va terma jamoa safida);
ISMATOV J.