logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Verratti o'zini Italiya grandiga taklif qildi

 1 NOYABR, 2025, 05:54

Qatarning «Al-Duhayl» jamoasi yarim himoyachisi Marko Verratti kelasi yili Italiyaga qaytishi mumkin.

32 yoshli futbolchi vatanida o'ynashni xohlamoqda va uning xizmatlari yaqinda vositachilar orqali «Yuventus»ga taklif etilgani haqida jurnalist Mirko di Natale xabar berdi. «Keksa sinora» rahbariyati Verrattini qayd etish imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyor, biroq buning barchasi sobiq «PSJ» yulduzining moliyaviy talablariga bog'liq bo'ladi. Shuningdek, dastlab Turin grandida futbolchi hali ham yuqori darajada o'ynay olishini aniqlab olish niyati bor.

Marko Verratti joriy yil iyul oyida «Al-Arabi»dan «Al-Duhayl»ga o'tgan edi. Italyan futbolchisi 2023 yili 11 yillik «PSJ» faoliyatidan so'ng Qatarga ko'chib o'tgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ