logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Mbappe "Real"ning "PSJ"dan asosiy farqini aytdi

 1 NOYABR, 2025, 05:54

Hujumchi Kilian Mbappe "Real"ni "Pari Sen-Jermen"ga qiyosladi. Frantsuz parijliklar safini 2024 yilda erkin agent sifatida tark etgan, shundan so'ng "qirollik klubi"ga o'tgandi.

"Real" va "PSJ" o'rtasidagi farq? Ikkita umuman boshqa-boshqa klub. "Real" ko'p yillik boy tarixga ega, "PSJ" esa yosh klub. Madaniyat ham boshqacha. Shubhasiz, "Real" dunyoning eng yaxshi klubi, ammo "PSJ" ham eng kuchlilar qatorida. Men ikkala klubda ham o'ynaganimdan faxrlanaman," - deya Mbappening so'zlarini keltiradi The Touchline.

Yaqinda 26 yoshli forvard o'tgan mavsum uchun Evropaning "Oltin butsa"siga sazovor bo'ldi, shuningdek, ketma-ket ikkinchi oy La Liganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ