Evropa klubi Kanteni sotib olishni orzu qilmoqda
1 NOYABR, 2025, 05:48
"Al-Ittihod" yarim himoyachisi N'Golo Kantega hamon "Parij" qiziqish bildirmoqda. Liga 1 klubi "Chelsi"ning sobiq yulduziga o'tgan yozdayoq da'vogarlik qilgan, ammo o'shanda kelishuv amalga oshmagan edi. Santi Auna xabariga ko'ra, parijliklar 34 yoshli xavbekdan umidini uzmayapti. Jahon chempioniga loyihaning etakchisi va asosiy figurasi rolini taklif qilishga tayyor.
N'Golo Kantening "Al-Ittihod" bilan shartnomasi kelasi yilning o'rtalarida tugaydi, shuning uchun u yanvar oyida arzonlashtirilgan narxda sotuvga chiqarilishi mumkin. Saudiya Arabistonida frantsuz ikki yildan ortiq vaqtdan beri to'p tepmoqda.
"Parij" o'n turdan so'ng Frantsiya chempionati turnir jadvalida 12-o'rinda bormoqda.
