logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Mark-Andre ter Shtegen maydondagi mashg'ulotlarga qaytdi

 1 NOYABR, 2025, 05:48

«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen tiklanishni davom ettirmoqda. 33 yoshli futbolchi belidan operatsiya qilinganidan so'ng reabilitatsiyaning birinchi bosqichini yakunladi. Mundo Deportivo ma'lumotlariga ko'ra, nemis darvozabonining tiklanish jarayoni muvaffaqiyatli kechmoqda — yaqinda u maydonda mashg'ulotlarga qayta boshlagan.

Taxminlarga ko'ra, ter Shtegen joriy yilning oxirida yana o'yinlarga qaytishi mumkin. Biroq unga bunday imkoniyat berilishiga kafolat yo'q: «ko'k-anorranglilar» sardori jarohat olgunga qadar asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotgan edi. Ko'plab mish-mishlarga ko'ra, tajribali kiper yanvar oyida klubini o'zgartirishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ