logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

"Manchester Yunayted" yanvar oyida "Atletiko" futbolchisini ijaraga olishi mumkin

 1 NOYABR, 2025, 05:42

Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Konor Gallaxer "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar ro'yxatida qolmoqda.

"Qizil iblislar" o'tgan yozda "Chelsi" tarbiyalanuvchisiga da'vogarlik qilgandi, ammo "matraschilar" inglizni qo'yib yuborishni istamadi. Xavbek madridliklarning asosiy tarkibida kamdan-kam maydonga tushadi, shuning uchun uning vataniga qaytishi yanvar oyidayoq amalga oshishi mumkin. Jurnalist Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, "Manchester Yunayted" 25 yoshli futbolchini joriy mavsum yakuniga qadar ijaraga olish masalasini jiddiy ko'rib chiqmoqda. Transfer taqdiri "Atletiko"ning so'rovlariga bog'liq bo'ladi.

Transfermarkt portali ekspertlari Konor Gallaxerning narxini 40 mln evroga baholamoqda, futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ