Neymar pochin qildi
6 DEKABR, 2022, 09:15
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar JCh-2022 1/8 finalida Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda gol urdi.
U uchrashuvning 13-daqiqasida penaltini golga aylantirdi - 2:0.
Jarohatidan forig' bo'lgan Neymar turnirdagi ilk golini urdi.
Dastlab Rafinya zarbani bajarishni o'z zimmasiga oldi, ammo keyin o'z tashabbusi bilan bu huquqni Neymarga topshirdi.