"Manchester Yunayted" APLning boshqa klubi yulduzini o'z safiga qo'shib olmoqchi
1 NOYABR, 2025, 05:12
"Vest Xem" yarim himoyachisi Lukas Paketa "Manchester Yunayted"ning transfer maqsadiga aylandi.
"Qizil iblislar" braziliyalik futbolchini qishki transferlar davrida o'z safiga qo'shib olmoqchi, deb xabar beradi indykaila News. Agar "bolg'achilar" belgilagan narx ularga ma'qul kelsa, mankunianlar bunday urinishni amalga oshirishi kutilmoqda.
Lukas Paketaning o'zi esa yanvar oyida "Vest Xem"ni tark etishga tayyor. 28 yoshli futbolchi evrokuboklarga da'vogar klub safida to'p tepmoqchi.
Paketaning qiymati Transfermarkt mutaxassislari tomonidan 35 mln evroga baholanmoqda. Premer-liganing joriy mavsumida hujumkor yarim himoyachi 9 ta o'yinda 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
