logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Mbappe La Liganing oy futbolchisi deb ikkinchi marta tan olindi

 1 NOYABR, 2025, 00:00

Kilian Mbappe La Liganing oy futbolchisi deb topildi.

Frantsiyalik hujumchi ketma-ket ikkinchi marta mazkur sovringa sazovor bo'ldi — u oktyabr oyida chempionat doirasida o'tkazilgan har uchta uchrashuvda ham gol urgan.

«Real» forvardi ushbu mukofot uchun kurashda «Betis» hujumchisi Antoni, «Rayo Valekano» yarim himoyachisi Xorxe de Frutos, «Atletiko» darvozaboni Yan Oblak va «Barselona» yarim himoyachisi Pedridan ustun keldi.

Eslatib o'tamiz, Mbappe sentyabr oyida ham La Liganing eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi — o'sha oyda u jamoaning barcha to'rtta o'yinida ham gol urgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ