Gvardiola: «Manchester Siti» hali o'zining yuqori cho'qqisiga etgani yo'q»
31 OKTYABR, 2025, 23:36
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasi hali maksimal darajasiga etmaganini, ammo unga yaqinlashib kelayotganini ta'kidladi.
«Biz hali cho'qqiga etmadik, ammo unga juda yaqinmiz. Jamoaga, kiyinish xonasidagi muhitga va mashg'ulotlardagi ishga qarab, futbolchilar rejalashtirilgan ishni bajarishga intilayotganini ko'raman. Shu paytda biz raqiblar uchun engib bo'lmaydigan jamoaga aylanishimizni tushunib etaman. Men aynan shuni xohlayman.
Chempionlik uchun kurashishga etarlicha kuchli bo'lamizmi? Buni aniq aytish qiyin. Ammo AQShda bo'lib o'tgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatidanoq men mavsumga katta ishonch bilan qaray boshlaganman», — deya Gvardiolaning so'zlarini ESPN keltiradi.
«Manchester Siti» Angliya premer-ligasida 9 ta turdan so'ng 16 ochko to'plagan va jadvalda 5-o'rinni egallab turibdi.
