logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Pokonoli — Pogba haqida: «Pol mashg'ulotda to'piqdan jarohat oldi»

 31 OKTYABR, 2025, 23:12

«Monako» bosh murabbiyi Sebasten Pokonoli jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbaning jarohati haqida gapirib o'tdi. Frantsiyalik futbolchi 30 oktyabr, payshanba kuni bo'lib o'tgan mashg'ulot paytida jarohat olgan.

«Pol kecha mashg'ulot paytida to'piqdan jarohat oldi. Hozir jarohatning darajasi bo'yicha tasdiq kutyapmiz, ammo ertaga u maydonga chiqa olmaydi. U to'piqni biroz cho'zib olgan, shuning uchun qo'shimcha testlar natijasini kutamiz. Kecha Pogba mashg'ulotni tugata olgandi — bu yaxshi belgi bo'lishi mumkin. Ammo biz aniqlik kiritishimiz kerak, chunki bugun u oyog'iga to'liq yuklama berishga tayyor emasdi», — deya Pokonolining so'zlarini RMC Sport keltiradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Pogba mashg'ulotdagi kurash paytida to'piqni jarohatlab olgan. Bugun u jamoaviy mashg'ulotlarda ishtirok etmadi. Klub futbolchining ahvoli bo'yicha qo'shimcha ma'lumot kutmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ