"Bavariya" ham g'alabali yo'lga tushib oldi
21 DEKABR, 2023, 12:18
"Bavariya" Bundesliganing 16-turida "Volfsburg"ni mehmonda mag'lub etdi (2:1).
Tomas Tuxel shogirdlari qatorasiga uchinchi g'alabani qo'lga kiritdi. Avvalroq “Manchester Yunayted” (1:0) va “Shtutgart” (3:0) klublari mag'lub etilgandi.
Myunxenliklar 38 ochko jamg'arib, 2-o'rinda bormoqda. Ular "Bayer"dan 5 ochko ortda qolmoqda.