logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Superliga. 7 ta gol urilgan dramatik o'yinda «Sho'rtan» OKMKni taslim etdi

 31 OKTYABR, 2025, 20:54

G'uzordagi “Markaziy” stadionida Superliganing 27-turidan o'rin olgan «Sho'rtan» — OKMK uchrashuvi dramatik tarzda o'tdi va so'nggi daqiqalarda kutilmagan burilishlarga boy bo'ldi.

O'yindan oldin “Nasaf” muxlisi Mahmud Muhammadiev xotirasiga 1 daqiqalik sukut e'lon qilindi. Shundan so'ng jamoalar uchrashuvni yuqori sur'atda boshlashdi. Ilk daqiqalardanoq mehmonlar faol harakat qildilar — Xurshid G'iyosov va Oybek Rustamovning zarbalari Eshbo'taevni jiddiy sinovdan o'tkazdi. 39-daqiqada aynan G'iyosovning zarbasi hisobni ochdi — 0:1.

Tanaffusdan so'ng esa g'uzorliklar o'z o'yinini topishdi. 50-daqiqada Po'latxo'ja Xoldorxonov hisobni tenglashtirdi, ortidan esa uning penaltidan kiritgan goli jamoani oldinga olib chiqdi — 2:1.

70-daqiqada Abubakrrizo Turdialiev hisobni 3:1 ko'rinishga keltirdi. Ammo OKMK ham taslim bo'lmadi. 83-daqiqada zaxiradan tushgan Ali Abdurahmonov hisobni qisqartirdi, 90+4-daqiqada Naoki Senaga tenglashtiruvchi golni urdi — 3:3.

Shunday bo'lsa-da, “Sho'rtan” oxirgi so'zni aytdi. 90+9-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Jasurbek Hakimov jamoadoshidan qaytgan to'pni darvozaga yo'llab, g'alabani ta'minladi — 4:3!

G'uzorliklar so'nggi daqiqalardagi irodali o'yin hisobidan muhim uch ochkoni qo'lga kiritishdi. Po'latxo'ja Xoldorxonov ikki gol bilan jamoasi g'alabasiga katta hissa qo'shdi.

«Sho'rtan» ushbu g'alaba evaziga o'z ochkolarini 15 ochkoga etkazdi. Ammo g'uzorliklarda Superligada jon saqlab qolish ehtimoli juda past.

Superliga, 27-tur
31 oktyabr 2025 yil
G'uzor, “Markaziy” stadioni
«Sho'rtan» — OKMK 4:3
Gollar: 39' — Xurshid G'iyosov (0:1), 50' — Po'latxo'ja Xoldorxonov (1:1), 57' — Po'latxo'ja Xoldorxonov (penalti, 2:1), 70' — Abubakrrizo Turdialiev (3:1), 83' — Ali Abdurahmonov (3:2), 90+4' — Naoki Senaga (3:3), 90+9' — Jasurbek Hakimov (4:3)
Ogohlantirishlar: Nuriddin Hasanov (28'), Aziz Xolmurodov (45')

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ