Modrich Italiya chempionatining sentyabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi
31 OKTYABR, 2025, 20:18
"Milan"ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich Italiya chempionatining sentyabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
Yoshi o'tib borayotgan yarim himoyachi Italiya futbolchilar assotsiatsiyasining ovoz berish natijalariga ko'ra g'olib bo'ldi.
Luka Modrich yozgi transfer oynasida "Milan"ga "Real Madrid"dan bepul transfer orqali qo'shilgandi.
"Rossonerilar" safida yarim himoyachi barcha musobaqalarda o'nta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
