logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:07
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Livakovich: "Eng qiyin o'yinda g'alaba qozondik"

 5 DEKABR, 2022, 23:33

Dominik Livakovich Yaponiya bilan o'yinda penaltilar seriyasidan qo'lga kiritilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Xorvatiyalik darvozabon JCh-2022 1/8 finalida penaltilar seriyasida yaponiyaliklarning uchta zarbasini qaytardi va jamoasini chorak finalga olib chiqdi.

"O'zimni ajoyib his qilyapman, birinchi navbatda jamoaga rahmat, muhit ajoyib. Kelgan muxlislarga rahmat.

Yaponiyaliklar boshida katta bosim o'tkazishdi. Bu qiyin o'yin bo'ldi, ular yaxshi tayyorgarlik ko'rishdi, lekin biz ham shunday edik.

Biz uchun eng qiyin o'yinda g'alaba qozondik. Bu hayotimdagi eng yaxshi o'yin va faoliyatimdagi eng yaxshi lahza”, - dedi Zagrebning “Dinamo” klubi darvozaboni.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR