Xabi Alonso: «Vinisius masalasini yopiq deb hisoblash mumkin»
31 OKTYABR, 2025, 16:18
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa hujumchisi Vinisius Junior bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi.
Eslatib o'tamiz, Alonso Ispaniya La Ligasining 10-turidan o'rin olgan "Barselona"ga (2:1) qarshi o'yinda Vinisiusni zaxiraga oldi va bu braziliyalik futbolchiga yoqmadi.
«Vinisius jazolanmaydi. Ushbu masalani yopiq deb hisoblash mumkin. U barchamizdan uzr so'radi», - deya ispaniyalik murabbiyning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Joriy mavsumda 25 yoshli Vinisius barcha musobaqalarda 13 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
