«Barselona» UEFAdan tovon puli talab qilmaydi
31 OKTYABR, 2025, 16:12
"Barselona" Superliga ishi bo'yicha UEFAdan tovon puli talab qilmaydi.
Avvalroq, Madrid provintsiyasi sudi Superligaga qarshi kurash doirasida UEFAning apellyatsiyasini rad etgani ma'lum bo'lgandi. "Real" shundan so'ng "UEFAdan zararni qoplashni talab qilishini" e'lon qildi. Ma'lum qilinishicha, klub yuristlari va turnir loyihasi bilan shug'ullanuvchi A22 kompaniyasi qariyb 4,5 milliard evrolik da'vo ustida ish olib bormoqda.
Diario Sport xabariga ko'ra, "Barselona" UEFAdan tovon puli talab qilmoqchi emas. Kataloniya klubining ta'kidlashicha, ularning pozitsiyasi har doim ikki tashkilot o'rtasida ko'priklar qurish va kelishuv yo'llarini izlashdan iborat bo'lgan.
"Barselona" Superliga loyihasini rasman tark etgani yo'q, ammo UEFA bilan yaqinlashuv fonida undan asta-sekin voz kechmoqda.
