Namangandan qaytayotgan «Nasaf» muxlislari ayanchli YTHga uchradi! (Video +18)
31 OKTYABR, 2025, 15:54
Kecha Superliga 27-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda 0:0 hisobi qayd etildi.
Bahsdan so'ng Vodiydan Qarshiga qaytayotgan "Nasaf" muxlislari yo'l-transport hodisasiga uchragan.
Vafot etgan va jarohat olganlar bor. Voqea bo'yicha rasmiy ma'lumot hozircha yo'q.
Stadion.uz jamoasi marhumlarning oila a'zolariga sabr tilaydi.
