logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

«Roma» hali Dibala bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshlamagan

 31 OKTYABR, 2025, 15:42

"Roma" direktori Frederik Massara "Jallorossi" Paulo Dibala va Lorentso Pellegrini bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni hali boshlamaganini aytdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Ushbu futbolchilarning "Roma" bilan tuzgan shartnomalari mavsum oxirida o'z nihoyasiga etadi.

"Vaziyatdan xabardormiz, ammo hozir e'tiborimizni o'yinlarga qaratganmiz. Shartnomasi tugayotgan futbolchilar katta professionallik va klubga sodiqlikni namoyish etmoqda. Hozircha ular bilan hech qanday muzokara boshlamadik», - dedi Massara.

31 yoshli Dibala joriy mavsumda 8 ta o'yinda 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U 2022 yilning yozida "Yuventus" bilan shartnomasi tugaganidan keyin erkin agent sifatida "Roma"ga o'tgan. Pellegrini klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lib, joriy mavsumda 5 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. U jarohati tufayli may-avgust oylarida jamoa mashg'ulotlari va o'yinlarida ishtirok etmadi.

Massara, shuningdek, moliyaviy cheklovlar tufayli chempionatda ikkinchi o'rinda borayotgan klub yirik bitimlar tuzishni rejalashtirmayotganini ta'kidladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ