logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Vieyra A Seriya klubidan haydalishi mumkin

 31 OKTYABR, 2025, 15:36

Frantsiyalik mutaxassis Patrik Vieyra Genuyaning "Jenoa" klubi murabbiyligidan iste'foga chiqarilishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri jurnalistlari xabar bermoqda.

Klub rahbariyati jamoaning mavsum startidagi muvaffaqiyatsiz o'yinidan juda norozi va sport direktori hamda bosh murabbiyni almashtirishga tayyor. Vieyraning Italiya klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi.

Italiya chempionatining 9 turidan so'ng "Jenoa" atigi 3 ochko to'pladi. Jamoa A Seriya turnir jadvalida so'nggi o'rinda bormoqda. Keyingi o'yinni Vieyra shogirdlari 3 noyabr kuni "Sassuolo"ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ