logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

«Roma» hujumchisi safdan chiqdi

 31 OKTYABR, 2025, 15:30

Italiyaning "Roma" klubi hujumchisi Evan Fergyuson safdan chiqdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

21 yoshli markaziy hujumchi A Seriyaning so'nggi turida "Parma"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshladi. O'yinning ettinchi daqiqasida u raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi va maydonni tark etishga majbur bo'ldi.

Fergyusonda o'ng to'piq boylamlarining cho'zilishi aniqlandi. "Roma" tomonidan Angliyaning "Brayton" klubidan sotib olish sharti bilan ijaraga olingan irlandiyalik futbolchi kamida ikki haftaga safdan chiqqani taxmin qilinmoqda.

U mavsumoldi o'rtoqlik o'yinlarida bir necha bor gol urgan, ammo hozircha rasmiy uchrashuvlarda gol ura olmagan va 10 o'yinda 1 ta golli uzatma bilan cheklangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ