logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

«Byornli» ustozi: «Arsenal»ning kuchi faqat standartlarda emas»

 31 OKTYABR, 2025, 13:54

"Byornli" bosh murabbiyi Skott Parker Londonning "Arsenal" klubi darajasi haqida gapirdi.

"Qarg'alar" shanba kuni Angliya Premer-ligasining o'ninchi turida "kanonirlar"ni o'z uyida qabul qiladi.

"Men "Arsenal"ga nisbatan standartlardan doimiy gollar tufayli tanqidlarni tushunmayapman. Ularning o'yinini kuzatib, haqiqatan ham moslashuvchan, yaxshi tayyorlangan jamoani ko'ryapman. Albatta, "Arsenal" uchun standartlar muhim, ammo ular faqat o'yinning shu elementiga tayanadi, deb aytmagan bo'lardim.

Ishonchli mudofaa - bu poydevor. O'tgan mavsumda o'zimiz ham shu tamoyilga amal qildik. Albatta, "Arsenal"da shunday. Bu ajoyib murabbiyga ega top-jamoa," - deya Parkerning so'zlarini keltirmoqda ingliz OAV.

"Arsenal" 22 ochko bilan APL jadvalida peshqadamlik qilmoqda, "Byornli" o'n ochko bilan 16-o'rinda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ