logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Og'ir atletika. Azimjon Xolev Gruziyadagi xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etdi

 21 DEKABR, 2023, 09:42

Joriy yilning 20 dekabr kuni Tbilisi shahrida 3 karra Olimpiya o'yinlari g'olibi, ayni damda Gruziya og'ir atletika federatsiyasi prezidenti hisoblangan Kaxi Kaxiashviliga bag'ishlangan «Kaxi kubogi» ochiq turniri bo'lib o'tdi. Ta'kidlash kerakki, ushbu xalqaro musobaqa 1994 yildan buyon o'tkazib kelinmoqda.

Biz uchun ahamiyatlisi, erkaklar o'rtasida +109 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Azimjon Xolev o'z vazn toifasida 3-o'rinni, tsinkler tizimi bo'yicha esa 8-o'rinni band etdi.

Musobaqa yakunida delegatsiyamiz a'zolari Kaxi Kaxiashviliga O'zbekiston og'ir atletika federatsiyasining maxsus esdalik sovg'asini topshirishdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ