«River Pleyt» Mastantuononi «Real»ga sotish niyati bo'lmagan
31 OKTYABR, 2025, 13:42
"River Pleyt" klubi ijrochi direktori Stefano di Karlo 18 yoshli iqtidor sohibi Franko Mastantuononing Madridning "Real" klubiga sotilishi haqida fikr bildirdi.
"Biz Mastantuononi sotmoqchi emasdik. "Real" Madrid keldi va sotib olish bandini faollashtirdi. Unga tayanish imkoniyatiga ega bo'lish ajoyib bo'lardi, ammo futbol shunday tuzilgan," - deya funktsionerning so'zlarini keltiradi Madrid Zone.
"Real" Mastantuononi yozgi transferlar davrida xarid qilib, vinger uchun 45 million evro sarfladi. "Qaymoqranglilar" libosida u barcha turnirlarda 11 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
