logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Deku Alvaresning agenti bilan bog'lanmoqchi

 31 OKTYABR, 2025, 13:42

"Barselona" sport direktori Deku "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvaresning agenti Fernando Idalgo bilan bog'lanmoqchi. Bu haqda Barca Universal xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Barselona" futbolchining kelajakdagi rejalarini bilmoqchi. Kataloniya klubi Alvaresni Robert Levandovski uchun ideal o'rinbosar deb hisoblamoqda, chunki u bosh murabbiy Xans-Diter Flikning barcha talablariga to'liq javob beradi.

Joriy mavsumda 25 yoshli argentinalik futbolchi barcha musobaqalarda 12 ta o'yin o'tkazib, 7 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va 4 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali Alvaresni 100 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ