logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

«Real», «Barselona» va APL klublari kamerunlik forvard uchun kurash olib boradi

 31 OKTYABR, 2025, 13:36

"Levante"ning kamerunlik 22 yoshli hujumchisi Etta Eyong joriy mavsum yakunlangach, klubini o'zgartirishi mumkin.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, futbolchiga "Barselona" va "Real" da'vogarlik qilmoqda. Bundan tashqari, Eyongning xizmatlariga bir vaqtning o'zida Angliya Premer-ligasining uchta vakili - "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Arsenal" qiziqish bildirmoqda. Hujumchining o'zi yanvar oyidayoq jamoasini o'zgartirmoqchi, ammo katta ehtimol bilan bu faqat jahon chempionati - 2026 yildan keyin sodir bo'ladi.

Ispaniya La Ligasining bu mavsumida Eyong o'nta o'yinda oltita gol urdi va to'purarlar poygasida Kilian Mbappedan keyin ikkinchi o'rinda bormoqda. Shuningdek, kamerunlik futbolchining hisobida uchta assist mavjud.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ