Vissam Ben-Yedder faoliyatidagi 250-golni urdi
21 DEKABR, 2023, 09:12
«Monako» hujumchisi Vissam Ben-Yedder Frantsiya chempionatining 17-turi doirasida bo'lib o'tgan «Tuluza»ga qarshi o'yinda (2:1) ikkita gol muallifiga aylandi.
33 yoshli futbolchining faoliyatida urgan gollari soni 250 taga etdi. U klublar safida 247, terma jamoada esa 3 ta gol urgan.
Ben-Yedder faoliyati davomida «Sevilya» va «Tuluza» klublarida ham to'p tepgan. U Frantsiya chempionatining joriy mavsumida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol muallifi bo'ldi.