Kessie "Barselona" rahbariyati bilan uchrashib, klubdagi kelajagini muhokama qildi
5 DEKABR, 2022, 17:40
"Barselona" yarim himoyachisi Frank Kessie bugun klub rahbariyati bilan uchrashib, kelajagini muhokama qildi.
Insayder Jerar Romeroning so'zlariga ko'ra, Kessie "Barselona" rahbariyatidan klubning u uchun qanday rejalari borligini bilishga harakat qilgan. Yarim himoyachi shartnoma imzolashdan oldin va'da qilingan vazifani olmagan.
Kessie bu mavsumda "Barselona" safida barcha musobaqalarda bor yo'g'i ikkita gol urdi. Mish-mishlarga ko'ra, Frank A Seriyaga qaytishi mumkin, uning xizmatlariga Milanning "Inter" klubi qiziqmoqda.