"Monako" murabbiyi Pogbaning qaytishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi
31 OKTYABR, 2025, 12:00
"Monako" bosh murabbiyi Sebasten Pokonoli jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbaning holati haqida fikr bildirdi.
Avvalroq, 32 yoshli frantsuz "Monako"ning "Parij"ga qarshi bo'lajak o'yini qaydnomasidan o'rin olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Ha, u qaydnomada bo'lishi mumkin. U hali ma'lum bir yuklama bilan mashg'ulot o'tkazishi kerak va agar u o'zini yaxshi his qilsa, biz belgilangan reja bo'yicha ishlashda davom etamiz," - deya Pokonolining so'zlarini keltiradi Foot Mercato.
Eslatib o'tamiz, Pogba "Monako" safiga o'tgan yozda kelib qo'shilgan, ammo hozircha jamoa safida debyut qilgani yo'q.
