logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:07
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"MYu" De Xea o'rniga nomzod topdi

 5 DEKABR, 2022, 15:57

Shveytsariya va Menxengladbaxning «Borussiya» klubi darvozaboni Yan Zommer «Manchester Yunayted»ga o'tadi va jamoaning asosiy darvozaboni bo'ladi, deb xabar beradi Bild.

Nashrning yozishicha, kelishuv qishki transfer oynasida amalga oshadi, futbolchining o'zi allaqachon transferga rozi bo'lgan. Zommerning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Jamoa rahbarlari uni qishda qo'yib yuborishga tayyor.

“Manchester Yunayted” darvozaboni David De Xeaning ham shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, ammo klub darvozabon bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti.

33 yoshli shveytsariyalik darvozabon 2014 yildan beri Menxengladbaxning «Borussiya»sida o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda Zommer nemis klubi safida 11 ta o'yinda 14 ta gol o'tkazib yuborgan. Transfermarkt portaliga ko'ra futbolchining narxi 5 million evroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR