logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Lomachenko nima sababdan "istefo"ga chiqqanini aytdi

 31 OKTYABR, 2025, 11:32

Prof boksning uchta divizionida sobiq Jahon chempioni Vasiliy Lomachenko faoliyatini yakunlaganining sababini tushuntirdi.

— Boksdan ketishga qaror qilish siz uchun qanchalik qiyin bo'ldi? Bu haqda uzoq vaqt o'yladingizmi?

"Bu qiyin emasdi, chunki men allaqachon motivaciyamni yo'qotib bo'lgandim. Motivaciyam mutlaq jahon chempioni bo'lish edi, keyin esa Xeyniga yutqazdim. Bu mening oxirgi imkoniyatim edi. SHundan so'ng, men yana bir kamarni qo'lga kiritdim va boksdan ketdim".

— Demak, bu jarohatlar bilan bog'liq bo'lmagan, shundaymi?

"Yo'q, bu faqat motivaciya tufayli edi. Faqat motivaciya".

— O'sha paytda, menimcha, siz Jervonta bilan jang bo'yicha muzokara olib borgansiz, lekin motivaciyangiz bo'lmaganmi?

"Bu haqda gapirishning manosi yo'q, chunki men hozir boks bilan shug'ullanmayapman", deydi Lomachenko.

Eslatib o'tamiz, Vasiliy Lomachenko iyun oyida nafaqaga chiqqanini elon qilgan edi. U oxirgi jangini 2024 yil may oyida Jorj Kambososga qarshi o'tkazib, g'olib bo'lgandi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ